+998 78 150-69-96
+998 78 150-92-92

Tijorat saqlash

 

Xizmat ko’rsatish shartnomasining shaklini (PDF formatida) shu yerdan yuklab olishishingiz mumkin. 

Saqlash A klass va B klass omborxonalarda amalga oshiriladi

«BayerGroup» MChJ – o’zining shoxobcha va temir yo’llariga ega («To’qimachi» temiryo’l stantsiyasi), Toshkent shahri markazidan 8 kilometr, Toshkent kichik xalqa avtomobil yo’lidan 4 kilometr, Toshkent xalqa avtomobil yo’lidan 6 kilometr va Toshkent shahri Aeroportidan 350 metr masofada joylashgan zamonaviy omborxona kompleksidir. Xaritani qarang.

«BayerGroup» MChJ O’zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qo’mitasining 16.01.2013 yildagi 20085820/00102/0041-sonli litsenziyasi asosida ochiq turdagi bojxona ombori xizmatlarini ko’rsatadi.

Omborxona kompleksi hududida «Toshkent-Aero» Ixtisoslashgan bojxona kompleksining bojxona maskani joylashgan.

«BAYER GROUP» MChJ ham tijorat omborlarda yuk saqlash xizmatlari taklif etadi.

«BAYER GROUP» MChJ shartnoma shartlariga ko'ra:

1.     Mijozdan bojxona omborida saqlash uchum yuklarni qabul kiladi, ularni saqlaydi va saqlash bilan bog'liq xizmatlar taqdim etadi;
2.     Tijorat omborida saqlash xizmatlarini taqdim etadi;
3.     Yuklar bo'yicha davlat organlari tomonidan zarur ruxsatnomalar olish va sertifikatlashtirish yordam berish;
4.     Yuklarni bojxona rasmiylashtiruvidan ta'minlaydi;
5.     Mijoz nomidan Mijoz tomonidan belgilangan boshqa shaxsga yuk jo'natadi;
6.     Yuklarni etkazib beradi.

 

Omborxona kompleksi

Omborxona kompleksining tavsifi

Umumiy maydoni: 33.938 kv.m. Idora xonalari: 1.500 kv.m.

 

A toifa:

Ombor xonalari - 6.400 kv.m.;

Shiftlarning balandligi: 12 metrov;

Stellajda saqlash - 6 yarus, 8.000 palletli o’rinjoy;

Yuzasi chang tutmaydigan tekis beton pol;

Polga yo’l qo’yiladigan yuklama: 8 tonn/kv.m;

Yuklash-tushirish texnikasi (jumladan, gabaritsiz yuklar uchun);

Bir paytning o’zida 10 ta og’ir yukli transport vositasiga yuklarni ortish-tushirish;

Qoida va me’yorlarga muvofiq bo’lgan yoritish;

Yong’in signalizatsiyasi tizimi;

Ventilyatsiya tizimi;

Qo’riqlash signalizatsiyasi hamda videokuzatuv tizimi.

 

B toifa:

Ombor xonalari - 5.920 kv.m., jumladan 200 kv.m. – harorat rejimi  —18° dan +18° S gacha bo’lgan sovutgichli kamera;

Shiftlarning balandligi: 6 metr;

Stellajda saqlash - 3 yarus, 4.200 palletli o’rinjoy;

Yuzasi chang tutmaydigan tekis beton pol;

Polga yo’l qo’yiladigan yuklama: 8 tonn/kv.m;

Yuklash-tushirish texnikasi (jumladan, gabaritsiz yuklar uchun);

Bir paytning o’zida 5 ta og’ir yukli transport vositasiga yuklarni ortish-tushirish;

Qoida va me’yorlarga muvofiq bo’lgan yoritish;

Yong’in signalizatsiyasi tizimi;

Ventilyatsiya tizimi;

Qo’riqlash signalizatsiyasi hamda videokuzatuv tizimi.

 

Texnikaviy va muhandislik ta’minoti

O’zbekiston Respublikasi talablariga muvofiq yong’in signalizatsiyasi tizimi va yong’inni avtomatik o’chirish tizimi;

Ventilyatsiya tizimi;

Qo’riqlash signalizatsiyasi hamda videokuzatuv tizimi;

Balandligi boshqariladigan (dock levelers) yuklash-tushirish maydonchali dok turidagi (dock shelters) 17 ta avtomatik darvoza va gabaritsiz yuklar uchun bitta darvoza;

Avtomobil tashuvchi vagonlardan avtotransportni tushirish-yuklash tizimi;

Og’ir yukli avtomobillar muddatli turishi va yengil avtomobillar qo’nalg’asi uchun maydon;

Og’ir yukli avtomobillar manevr qilishi uchun maydon;

Ombordagi yordamchi xonalar (hojatxonalar, yuvinish xonalari, qo’shimcha xonalar, xodimlar kiyim almashtiradigan joy);

Atrofi o’ralgan va tun-kun qo’riqlanadigan, yoritilgan obodonlashtirilgan hudud;

Ochiq sharoitda, jumladan, bostirma ostida saqlash maydoni bor;

O’zbekiston Respublikasi talablariga muvofiq o’t o’chirishning dastlabki vositalari bor;

Yuklar GOST 16140-77 ga muvofiq keluvchi, Rossiyaning «Mikron» zavodida ishlab chiqarilgan stellajlarda saqlanadi;

Stellajlarning joylashuvchi TMB ga erkin yetish imkonini beradi;

Omborxona binosida 2 ta kirish/chiqish joyi mavjud;

O’zbekiston Respublikasi talablariga muvofiq keladigan zinapoyalar;

Ombor hududi vertikal va gorizontal ishoralar bilan belgilangan, transportni ombor hududida yurish sxemasi bilan ta’minlangan, kirish va chiqish alohida bir yo’nalishli harakat tashkil etilgan, yo’l belgilari bilan ta’minlangan, maksimal tezlik 5 km/s bilan chegaralangan;

Foydalanishda hosil bo’ladigan barcha qattiq chiqindilar to’planadi, vaqtincha joylashtiriladi va ixtisoslashgan tashkilotlar bilan tuzilgan o’z shartnomalari doirasida olib chiqib ketiladi;

Suv ta’minoti, elektr ta’minoti, ventilyatsiya, isitish ixtisoslashgan tashkilotlar bilan tuzilgan o’z shartnomalari doirasida amalga oshiriladi;

Hyundai rusumidagi yuklash-tushirish texnikasi;

Boshqariladigan harorat rejimi:

- harorat Tselsiy bo’yicha 0 dan 25 gradusgacha;

- namlik 10 dan 80 % gacha.

Ombor qoshida idoraviy xonalar mavjud;

Omborni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi;

Tola-optik telekommunikatsiya tizimi;

Mustaqil elektr podstantsiyasi va issiqlik bog’lamasi;

Shoxobcha temiryo’li («To’qimachi» temiryo’l stantsiyasidan).

 

Ombrdagi texnika

Hyundai rusumidagi dizel yuklagich yu/k 10.000 kg. -1 dona

Hyundai rusumidagi dizel yuklagich yu/k 5.000 kg. - 3 dona

Hyundai rusumidagi elektr yuklagich yu/k 3.000 kg. - 6 dona

Hyundai rusumidagi elektr/richtrak yu/k 3.000 kg. - 6 dona

Elektr shtabellovchi yu/k 2.000 kg. - 3 dona

Gidravlik aravachalar yu/k 2.000 kg. - 42 dona

Ombor xonasi to’rli to’siqlar bilan zarur miqdordagi xonalarga ajratilishi mumkin.

Omborxona kompleksi hududida zarur kattalikdagi, jihozlangan ma’muriy xona ijaraga berilishi mumkin.

Ombor xonasi yong’indan xavfsizlik (KMK 2.09.12-98) va sanoat xavfsizligining barcha qoida va me’yorlariga mos keladi.